video
MA'LUMOT
Tarkibi sement asosidagi hamda qo’shimcha kimyoviy moddalar bilan boyitilgan mahsus quruq qorishma.Binolarning tashgi ve ichki qismlarida, yotiq va tik yuzalarga, hovuz, hammom, suv ombari kabi nam muhitlarda, beton, suvoq yuzalarga fayans, sopol, marmar, granit plitkalar va shishali mozaika kabi materiallarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Haroratning keskin o'zgarishi yoki muzlash holati qorishmaning hususiyatini oʻzgartirmaydi.
ISHLATILISHI
Ishlov beriladigan joy chang, yog, bo'yoq va shunga o'xshash moddalardan tozalangan bo'lishi kerak. Ushbu mahsulot ishlatiladigan joyning harorati +25°C dan yuqori bo'lsa, suv bilan namlanishi lozim. Tegishli miqdorda toza suv solingan idishga kerakli miqdorda qurug qorishma solinadi va kichik tezlikda mikser yoki boshqa asbob bilan to'la erigunga qadar qorishtiriladi. Qorishmaning tinishi uchun 3-5 daqiqa kutiladi. So'ngra yana takroran 3-5 dagiqa qorishtirilgach, ishlatilishi mumkin. Qorishma kerakli joyga kurakcha (shpatel) bilan yoyilib, tishli andava bilan surtib chiqiladi. Plitkalar yoki boshqa materiallar uzog'i bilan 15-20 daqiqa ichida yopishtirilishi lozim. Tayyorlangan qorishma 60-90 daqiqa ichida ishlatilishi kerak. Belgilangan vaqt o'tgandan keyin tayyor qorishmaga takroran suv yoki boshga material qo'shib ishlatish mumkin emas. Yopishtirilgan materiallar orasidagi tirqishlar yuqorida aytilgan ishlovlardan so'ng 24 soatdan keyin to'ldirilishi mumkin. Ishlash joyidagi muhit harorati +5°C/+35°C bo'lishi lozim.
60x120 va undan katta o'lchamdagi materiallarni yotqizish uchun tavsiya etiladi.