MA'LUMOT
Bino ichki qismlarida qo’lda ishlatiladigan perlit va gipsli suvoq.
FOYDALANISH SOHALARI
G'isht, briket, gazbeton, qoplamali beton, pemzablok va sement asosidagi gipsdan yasalgan tashqi qismlarda qo'llaniladi.
MAHSULOT XUSUSIYATLARI
■ Havo o’tkazuvchan bo’lib, inson salomatligiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.
■ A1 toifasidagi yonuvchan bo'lmagan qurilish materiali.
■ Foydalanish qulayligi.
■ Yuqori yopishqoqlik.
■ Uzaytirilgan ish vaqti.
QO’LLANILISHI
■ Qo'llashdan avval ishlov beriladigan yuza qismi haddan tashqari quruq yoki nam bo'lmasligi kerak.
■ Ishlov beriladigan yuza qismini changdan tozalab, buzuq joylarni ta’mirlang.
■ Qoplamali beton yuzalari betonokontakt bilan ishlov beriladi.
■ Suv solingan toza idishga barmoq chuqurligida gips sepiladi. 2-3 daqiqa kutgandan so'ng, aralashmani mayin, qumoqsiz holga kelguncha past tezlikda mexanik mikser bilan aralashtiring.
■ Bir maromga kelgan arlashmaga qo’shimcha suv yoki gips qo’shmang.
■ Gipsni devorga silliq qo’llash maqsadida tekislovchi alyuminiy plankalardan foydalaning. Qorishmani aralashtirgandan so'ng, shpatel bilan ishlov bering va tekislikni o'lchov vositasi bilan tekshiring.
■ Devor yuzasiga: kamida 10 mm, ko’pi bilan 25 mm va shiftga: kamida 10 mm, ko’pi bilan 15 mm qalinlikda qorishma surtiladi. Qorishma qalin surtilganda har bir qatlam to'liq qurishi kerak.
■ Birinchi qatlamdan so’ng, yuzasi to'liq qotimasdan turib ikkinchi qatlam amalga oshiriladi.
■ Taxminan 30-40 daqiqadan so'ng, mayda zarrachalarni cho'tka bilan tozalang, silliq va porloq natijaga erishish uchun silliqlovchi moslama bilan ishlov bering.
■ Gips burchak profillari tashqi burchaklarda, mustahkamlovchi suvoq to’rini esa tekis yuzalarda qo'llang.
ISH QUROLLARI
Shpatel, po’lat belkuraklar (“masterok”, “kelma”) va boshqalar.
ISH HARORATI
+5°C dan past haroratda ishlash tavsiya etilmaydi. Yangi suvalgan gips to'liq qurimaguncha to'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari, sovuq harorat, yomg'ir va shamoldan himoyalangan bo'lishi kerak.
ISHLOV BERISH VAQTI:
Suvoq qilinadigan maydon taxminan 160-180 daqiqada bajariladi.
XAVFSIZLIK CHORALARI
■ Ishdan keyin qo'llaringizni yuving.
■ Himoya qo'lqoplari/kiyim/ko'zoynaklardan foydalaning.
■ Agar ko'zingizga tegsa bir necha daqiqa davomida suv bilan yaxshilab yuving.
SAQLASH SHAROITI
Qoplar asl qadoqlarida, yopiq holatda quruq joyda saqlanishi kerak. Tekis yuzada, maxsus to’shamalarda taxlansin. Qisman ochilgan va/yoki teshilgan qoplarni ishlatmang. Quyosh nurlaridan himoyalangan joyda saqlang.
Saqlash muddati - 6 oy.