Pardozlash Qirishmasi
Ma'lumot
Tarkibi sement asosidagi polimer qo'shimchalari mavjud bo'lgan, bino fasadlarini pardozlashga mo'ljallangan quruq qorishma. Yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega. Qoʻllanilishi oson va ishlatilishi qulay bo'lgan devor yuzalarini pardozlash materiali. Binolarning tashqi va ichki devorlarda, beton va sementli suvoq qilingan joylarda, briket va g'isht devorlarda bo'yoq osti suvoq sifatida ishlatilishi mumkin. Qorishma 1 mm qalinlikda ishlatiladi, tekis va silliq yuza hosil qiladi. Yorilmaydi, to'kilib tushmaydi. Suvga va sovuqqa chidamli.
Texnik xususiyatlari
Suv qo'shish miqdori:
3,5 - 4 litr suvga 10 kg pardozlash qorishmasi
Qorishma qotishining boshlanishi:
kamida 60 dagiga
Qotish vaqti:
24 soat
Sarflanishi:
1mm qalinlikdagi qatlamga 1-1,3 kg/m2
Siqilishga mustahkamligi:
2,0 MPa
Qotgan qorishmaning yuzaga yopishish mustahkamligi:
tashqi tekkislovchilar uchun 0,4 MPa, ichki tekkislovchilar uchun-0,25 MPa