Tarkibi gips asosidagi va mahsus kimyoviy moddalar qo'shilgan bo'yich ishlab chiqarilgan quruq qurilish qorishmasi. Yuqori darajada yopishish hususiyatiga ega. Sement yoki gips suvog'i bilan ishlov berilgan yoki berilmagan beton hamda tekis yuzalarga so'nggi qatlam sifatida ishlatiladi. Qorishma bir qatlamda 1 mm qalinlikda surtiladi. Bo'yashdan yoki devor gulqogozi yopishtirishdan avval gruntlashga ehtiyoj bo'lmagan tekis va silliq yuza hosil qiladi. Qurigandan so'ng yoriq hosil qilmaydi. Havo o'tkazuvchanlik hususiyatiga ega bo'lganligi tufayli namlik muvozanatini saqlab turadi. Juda yengil va issiqlik saqlash hususiyatiga ega. Yigilib qolmaydi va oqib tushmaydi. Yong'inga qarshi kechiktiruvchi hususiyati bor. Kerakli miqdorda “Aslan Pro Saten” gipsi toza suvli idishga solinadi, 2-3 DAQIQA TARKIBIDAGI KIMYOVIY MODDALARNING ERIB KETGUNGA QADAR KUTILADI.
Yuqoridagi ko'rsatkichlar 23°C (±2°C) issiqlikda va 50% (±5%) namlik muhitiga nisbatan olingan. Ushbu ko'rsatkichlar atrof-muhit sharoitiga ko'ra o'zgarishi mumkin. Asl qoplarda va quruq sharoitda saqlanish muddati 6 oy. Eng ko'pi bilan ustma-ust 10 qavat qilib taxlanishi mumkin.Tarkibida gips bo'lgani bois, nafas olish yo'llariga, teriga va ko'zga tushishidan saqlaning.