Tarkibi sement asosidagi, yuqori samarali moddalar bilan boyitilgan mahsus quruq qorishma. Marmar, granit va boshqa shu kabi plitkalarni yopishtirish uchun, hamda bino va inshootlarning fasad konstruksiyalar yuzasida bezak mahsulotlarini mahkamlash uchun mahsus tayyorlangan. Binolarning tashqi va ichki qismlarida hamda namligi yuqori xonalarda qo'llaniladi.
ISHLATILISHI
Ishlov beriladigan joy chang, yog, bo'yoq va shunga o'xshash moddalardan tozalangan bo'lishi kerak. Ushbu mahsulot ishlatiladigan joyning harorati +25°C dan yuqori bo'lsa, suv bilan namlanishi lozim. Tegishli miqdorda toza suv solingan idishga kerakli miqdorda quruq qorishma solinadi va kichik tezlikda mikser yoki boshqa asbob bilan to'la erigunga qadar qorishtiriladi.Qorishmaning tinishi uchun 2-3 daqiqa kutiladi. So'ngra yana takroran 2-3 daqiqa qorishtirilgach, ishlatilishi mumkin. Qorishma kerakli joyga kurakcha (shpatel) bilan yoyilib, tishli andava bilan surtib chiqiladi. Tayyorlangan gorishma 60-90 daqiqa ichida ishlatilishi kerak. Belgilangan vaqt o'tgandan keyin tayyor qorishmaga takroran suv yoki boshqa material qo'shib ishlatish mumkin emas. Yopishtirilgan materiallar orasidagi tirqishlar yuqorida aytilgan ishlovlardan so'ng 24-48 soatdan keyin to'ldirilishi mumkin. Ishlash joyidagi muhit harorati +5°C/+35°C bo'lishi lozim.