Aslan FINISH

So'nggi Qatlam Uchun Finish Shpaklyovkasi
Ma'lumot

 

 

Tarkibi Polimer asosidagi yuqori yopishqoqlik xususiyatiga ega bo'lgan, davlat standartiga muvofiq holda ishlab chiqarilgan quruq qurilish aralashmasi. Devorlarni bo'yash yoki gulqog'ozni yopishtirishdan avval, sement yoki Saten pardozlash qorishmasi bilan ishlov berilgan beton, g'isht yuzalariga qo'llaniladi.

Devor bo’yog’i yoki gulqog’ozi yopishtirishdan avval gruntlashga ehtiyoj bo'lmagan tekis va silliq yuza hosil qiladi. Qorishma 0,5-0,6 mm qalinlikda surtiladi. Qurigandan so'ng yoriqlar paydo bo’lmaydi. Havo o'tkazuvchan bo'lib, namlik muvozanatini saqlab turadi. Yong'inga qarshi kechiktiruvchi xususiyatiga ega.

Yuqoridagi ko'rsatkichlar 23°C (±2°C) issiqlikda va 50% (±5%) namlik muhitiga nisbatan olingan. Ushbu ko'rsatkichlar atrof-muhit sharoitiga ko'ra o'zgarishi mumkin. Asl Kraft qoplarida va quruq sharoitda saqlanish muddati 6 oy. Ustma-ust 10 qavat qilib taxlash mumkin.

Texnik xususiyatlari
Suv qo'shish miqdori:
5-6 litr suvga 10 kg quruq qorishma.
Qorishmaning qotishi:
4 soat.
Qorishma qotishining boshlanishi:
120-180 daqiqa.
Sarflanishi:
0,5-0,6 mm qalinlikdagi qatlamga 1 kg/m2.
Siqilishga mustahkamligi:
2,0 MPa.