Quyma pol
Ma'lumot
Tarkibi sement asosidagi polimer moddalar bilan boyitilgan, GOST 31358-2007 bo'yicha ishlab chiqarilgan mahsus quruq qorishma. Binolar va inshootlarni qurishda, ta'mirlashda va tiklashda har xil turdagi pollarni yotqizishdan oldin yuzalarni tayyorlash uchun mo’ljallangan, o’zi zichlashuvchanlik xususiyatiga ega mahsulot. Beton va boshqa turdagi asoslarga nisbatan yuqori yopishuvchanlik hususiyatiga ega. Mahsulotning antibakterial xususiyatlari har xil turdagi zamburug’ va bakteriyalar paydo bo'lishining oldini oladi. Qo'llanishi oson, ortiqcha ish kuchini talab etmaydi. Yuqori darajadagi mustahkamlikka ega.
Texnik xususiyatlari
Suv qo'shish miqdori:
2,4-3,0 litr suvga 10 kg quruq qorishma
Ishlatish vaqti:
60 daqiqa
Sarflanishi:
1 mm qalinlikdagi qatlamga 1,7 kg/m²
Yuzaga yopishish mustahkamligi:
0,6 MPa