Barcha turdagi sirtlarga (beton, qoplamali beton, g'isht, pemzablok, gazbeton va boshqalar) mexanik purkash orqali qo'llaniladigan gipsli suvoq.
QO’LLANILISHI
• Qo'llashdan avval chang va yopishqoq moddalardan tozalang.
• Qoplamali beton yuzalari mexanik purkalishdan 12 soat avval betonokontakt bilan ishlov beriladi.
• Alyuminiy plankalar 150-200 sm masofa oralig’ida joylashtiriladi.
• Mexanik suvoq qorishmasi tayyorlangandan so’ng alyuminiy plankalar orasiga sepiladi.
• Ishlov berilgandan so’ng, yuza o’lchagichi bilan tekislanadi.
• 15-20 daqiqadan so’ng ikkinchi marta yuza o’lchagichi bilan tekislanadi.
• Birinchi ishlov berilgandan 50-70 daqiqa o’tgach suv sepiladi va rezina shpatel bilan silliqlanadi.
• Ushbu jarayondan taxminan 10 daqiqa o'tgach, po'lat shpatel bilan sayqallanadi.
• 60 daqiqadan so’ng takroriy berilgan silliqlash ishlovi natijasida silliq va porloq sirtga erishiladi.
• Qorishmani 8-30 mm qalinlikda sepiladi.
• Quruq va issiq muhitda qo'llashdan avval ishlov beriladigan yuzani namlang.
• Ish maydonining harorati 5°C-35°C oralig’ida bo'lishi kerak.