Ta’rifi: Yuqori sifatli, sement asosidagi, polimer bilan modifikatsiyalangan, mayda to‘ldiruvchili yopishtiruvchi va suvoq qorishmasi bo‘lib, XPS, EPS hamda bazalt issiqlik izolyatsiya plitalari uchun maxsus ishlab chiqilgan.
Qo‘llanish sohasi: Ichki va tashqi makonlarda EPS, XPS, bazalt, poliuretan plitalari hamda shunga o‘xshash issiqlik izolyatsiya materiallarini yopishtirish va suvash uchun qo‘llaniladi.
Afzalliklari: Oson surtiladi va mukammal yopishishni ta’minlaydi. Suv, sovuqqa va issiqqa chidamli. Elastikligi tufayli harorat o‘zgarishlari ta’siriga berilmaydi. Yuqori barqarorlikni ta’minlaydi, osilib tushmaydi va yorilmaydi.
Yuzani tayyorlash: Asos va plitalar mustahkam bo‘lishi, yuza chang, yog‘, bo‘yoq, silikon, qorishma qoldiqlari hamda yopishishga xalaqit beruvchi boshqa moddalardan tozalangan bo‘lishi kerak. Plitalar ishonchli mahkamlangan, ular orasidagi bo‘shliqlar esa shu materialning o‘zi bilan to‘ldirilgan bo‘lishi lozim.
Qorishmani tayyorlash: 25 kg ASLAN “IZO-FIX” 7 litr toza suv bilan past aylanishli mikser yordamida bir xil massa hosil bo‘lguncha aralashtiriladi. Qorishma 3–5 daqiqa tindiriladi, so‘ng yana aralashtiriladi. 2 soat ichida ishlatish kerak.
Yopishtirish bo‘yicha qo‘llanma: Yuza chang, yog‘, bo‘yoq va shunga o‘xshash moddalardan tozalangan bo‘lishi kerak. Agar yuza harorati 25°C dan yuqori bo‘lsa, suv bilan namlantiriladi. Bir qop (25 kg) quruq qorishma mos miqdordagi toza suv solingan idishga sekin-asta quyilib, mikser yordamida bo‘lakchalarsiz aralashtiriladi. Aralashma yetilishi uchun 3–5 daqiqa kutiladi. So‘ng yana 3–5 daqiqa aralashtirib, qo‘llash boshlanadi. Qorishma yuzaga kuch bilan yoyilib, mos tishli shpatel bilan surtiladi. Yopishtiriladigan plitalar eng kechi bilan 10–15 daqiqa ichida surtilgan qorishmaga yopishtirilishi kerak. Tayyor qorishma 60–90 daqiqa ichida ishlatilishi lozim. Unga qayta kukun yoki suv qo‘shib ishlatish mumkin emas. Suvoq ishlari yopishtirishdan 24 soat o‘tgach bajariladi. Atrof-muhit harorati +5°C dan +35°C gacha bo‘lishi kerak.
Suvoqlash bo‘yicha qo‘llanma: Issiqlik izolyatsiya plitalari yopishtirilib, dyubel bilan mahkamlangandan kamida 24 soat o‘tgach, plitalar ustiga shpatel yordamida taxminan 2 mm qalinlikda birinchi qatlam suvoq surtiladi. Qorishma hali nam holatda bo‘lganda, sintetik armatura to‘ri yuqoridan pastga bosilib, tarang holda qorishmaga singdiriladi. Taxminan 6 soatdan so‘ng yuzani namlab, ikkinchi qatlam suvoq (2 mm) to‘r ustini yopadigan qilib tekislanadi. Yoriqlarni oldini olish uchun to‘r birikish joylarida kamida 10 sm ustma-ust tushiriladi. Bo‘yashdan oldin ob-havo sharoiti va qatlam qalinligiga qarab 2–3 kun kutish kerak. Qo‘llash tugagach, agar havo harorati yuqori bo‘lsa, sement qotguncha yuzani namlab turish lozim. Agar yuzaga ASLAN COAT-EX dekorativ mineral suvoq qo‘llanilsa, yuzaning qotishidan so‘ng ASLAN BETO-KONTAKT suvoq astari surtiladi va astar qurigach yakuniy qatlam bajariladi.
Sarfi: 5 mm qalinlikda qo‘llanganda 4,5 – 5 kg/m² (qo‘llash usuliga bog‘liq ravishda o‘zgaradi).
Ogohlantirishlar: +5°C dan past va +35°C dan yuqori haroratlarda qo‘llashdan saqlaning. Muzlagan yuzalarda, 24 soat ichida muzlash ehtimoli bo‘lgan sharoitlarda, shuningdek to‘g‘ridan-to‘g‘ri quyosh nuri va kuchli shamol ostida ishlamang. Qo‘llashdan so‘ng, sement to‘liq qotguncha (taxminan 1 hafta) yuzani yomg‘ir, qor va kuchli sovuqdan himoya qiling. Ishlatish muddati o‘tgan qorishmaga hech qachon suv yoki kukun qo‘shmang.
Qadoqlash: 25 kg polietilen bilan mustahkamlangan qoplar
Saqlash muddati: Quruq muhitda, ochilmagan qadoqda, pallet ustida 10 qatlam qilib taxlab, 12 oy davomida saqlanishi mumkin.